Jahon | 08:01 / 10.09.2018
10170
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyada fosforli qurol ishlatilganini rad etdi

Foto: AP

Pentagon Suriya hududida fosforli qurollar ishlatilganini rad etmoqda. Bu haqda AQSh mahkamasining rasmiy vakili Shon Robertson ma'lum qildi, deya xabar beradi Reuters.

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari 8 sentabr kuni AQSh Harbiy-havo kuchlarining ikkita F-15 rusumli harbiy samolyotlari Suriyaning Dayr-az-Zor viloyati hududidagi o‘q-dori omborlariga fosforli hujum amalga oshirgani haqida xabar bergandi. Zarbalar Xudjin aholi punktiga tomon yo‘llangan. Hujum oqibatida yirik yong‘in kelib chiqqan.

«Hozirgi vaqtda biz oq fosfordan foydalanish holati bo‘yicha hech qanday ma'lumot olmadik. Bu mintaqadagi bizning hech bir harbiy bo‘linmamiz fosforli o‘q-doriga ega emas», - deya ma'lum qildi Robertson. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaga Suriya bo‘yicha javob qaytargandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid