Bugun, 8 sentabr kuni hudud deputatlari va rahbarlari saylovi kunida Rossiyani pensiya islohotlariga qarşi mitinglar va namoyişlar qamrab oldi. Mamlakatning önlab şaharlarida turli yoş toifasidagi minglab kişilar pensiya yoşini oşirişga qarşi noroziliklarini ifodalaş uçun köçalarga çiqişdi.

Namoyiş iştirokçilari ayni vaqtda 30 kunga qamoqqa olingan muxolif siyosatçi Aleksey Navalniy tarafdorlari bölib, hukumat ularga nisbatan keskin çoralar köra boşladi.

Yirik şaharlarda önlab va yuzlab kişilar hibsga olina boşladi, xususan, Sankt-Peterburgda 400-500 çoğli kişi qölga olingani haqida ma'lumotlar tarqaldi. Moskvada va Novosibirskda ham politsiya bilan yirik töqnaşuvlar kelib çiqdi. Politsiyaçilar va maxsus xizmatlar xodimlari namoyişçilarga kuç işlatib, ularni kaltaklaşdi.

Ayni vaqtga kelib, qölga olinganlar soni 1000 nafarga yaqinlaşgan va bu ma'lumot tinimsiz ravişda yangilanib bormoqda.

Foto: Viktoriya Odissonova/ «Novaya gazeta»
Foto: Viktoriya Odissonova/ «Novaya gazeta»
Nazvaniye
Foto: Viktoriya Odissonova/ «Novaya gazeta»
Foto: Vlad Dokşin/ «Novaya gazeta»
Foto: TASS
Foto: Reuters