Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi turmadan yuzdan ko‘proq mahbus qochdi
10 sentabrda Braziliyaning Paraiba shtatidagi Juan-Pessoa shahrida joylashgan turmadan kamida 105 mahbus qochdi. Bu haqda Yestadao mahalliy nashri ma'lum qildi.
Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, qochishni amalga oshirish uchun qurollangan kimsalar guruhi tashqaridan turma darvozasini portlatib, qo‘riqchilarni o‘qqa tutgan. Bir qo‘riqchi og‘ir jarohat olgan.
Politsiya 41 qochoqni ushlashga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan qochoqlar qidirilmoqda.
Hukumat barcha qochoq mahbuslar suratlarini e'lon qilgan va ushbu hodisani tergov qilishni boshlagan.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026