2021/22 yilgi mavsumdan Yevropada Çempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi örinda turuvçi uçinçi yevrokubok ötkazila boşlanadi. Bu haqda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) prezidenti Andrea Anelli Splitda ötkazilgan uçraşuv çoğida ma'lum qilgan.

Uning aytişiça, UYeFA klublar örtasidagi uçinçi yevrokubok musobaqasi uçun ruxsat bergan.

«UYeFAning ruxsatini kutayotgan edik. Mana endi uçinçi musobaqani yaratiş yölida «yaşil çiroq» yondi. Bu turnir 2021/22 yillar mavsumidan e'tiboran 96 klub bilan start oladi», - deya Anellining sözlarini keltirib ötdi Football Italia.

Yevropa kubogi deb nomlanuvçi yangi musobaqa formati hozirça noma'lum, biroq u 90-yillarga qadar ötkazib kelingan Kubok egalari kubogi bilan öxşaş bölişi taxmin qilinmoqda. Kubok egalari kubogi 1960-1999 yillar oraliğida ötkazilgan bölib, unda UYeFAga a'zo mamlakatlar kubogini qölga kiritgan klublar iştirok etgan.

Ayni vaqtda Yevropada ikkita yirik xalqaro turnir bor. Çempionlar ligasi guruh bosqiçida 32, Yevropa Ligasi guruh bosqiçida esa 48 jamoa iştirok etadi.

Avvalroq Yevropa kubogining yölga qöyilişi bilan Yevropa ligasining guruh bosqiçi iştirokçilari soni 48tadan 32 taga qisqarişi ma'lum qilingan. Şuningdek, uşbu turnirning muxlislar hamda reklama beruvçilar uçun jozibasi oşirilişi közda tutilgan.