«Favqulodda xavfli»: AQShning sharqiy qirg‘oqlariga halokatli dovul yaqinlashmoqda
AQShning Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlari tomon Atlantika okeani hududidan «Florens» dovuli harakatlanib kelmoqda. Mamlakat prezidenti Donald Tramp ushbu hududda favqulodda vaziyat e'lon qilgan.
Janubiy Karolina shtati gubernatori Genri Makmaster evakuatsiya jarayoni boshlangani haqida e'lon qilgan. Bu hududda bir milliondan ortiq kishi tabiiy ofat tufayli o‘z uyini tark etadi.
Xabar qilinishicha, «Florens» ayni vaqtda o‘n yillikdagi eng yirik dovul bo‘lmoqda. Dovul kuchi 5 balldan 4 ballga baholanmoqda.
«Florens» ayni vaqtda kuchaygandan kuchayib, AQShning sharqiy qirg‘oqlari tomon harakatlanmoqda. 10 sentabr kuni bu 3 ballik dovul ekani aytilgandi, ammo bir soat o‘tib shamol tezligi soatiga 178 kilometrdan 195 kilometrgacha ko‘tarildi. 4 ballik dovul daraxtlarning tomirlarini qo‘porib, uylarni vayron etadi.
Meteorologlar Atlantikaning iliq suvlarida kuchayib borayotgan bu dovul quruqlikda beshinchi darajaga ham ko‘tarilishi mumkinligini istisno etishmayapti.
«Florens» keyingi 30 yil ichidagi eng talofatli dovul bo‘lishi ham mumkin.
Oxirgi marta bunday yirik uragan ushbu hududga 1989 yili yopirilgandi. O‘shanda «Hyugo» dovuli Shimoliy Koreyaga jiddiy zarar keltirgan, zarar miqdori 7 milliard dollarni tashkil etgan, 49 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangandi.
Tadqiqotlar milliy markazi ham «Florens» «favqulodda xavfli» xususiyatlarga ega ekanidan ogohlantirishmoqda.
Kuchli yomg‘irlar oqibatida qirg‘oq hududlari bilan bir qatorda ichki hududlarda ham suv toshqinlari kelib chiqishi mumkin.
Ayni vaqtda shtatlardagi supermarketlarda uzun navbatlar yuzaga kelmoqda, do‘konlar bo‘shab qolmoqda, odamlar tabiiy ofat vaqtida zarur bo‘ladigan buyumlarni yoppasiga xarid qilishib, oziq-ovqat jamg‘arishmoqda.
Janubiy Karolinaga qo‘shni shtatlarda ham dovul kelishiga tayyorlanishmoqda.
Shimoliy Karolinada yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish uchun, bu hududga qishloq xo‘jalik mahsulotlari kirishiga cheklov qo‘yilgan. AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Atlantika okeani hududidagi asosiy harbiy-dengiz bazasi bo‘lmish Norfolk bazasidagi kemalar Shimoliy Karolina bilan chegaradosh hisoblangan Virjiniya shtati hududidagi suvlardan ochiq dengizga chiqarilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

22:56 / 24.03.2025
Shimoliy Karolinada o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda

23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi

23:04 / 08.10.2024
Jo Bayden dovullar tufayli Berlinga safarini bekor qildi

18:05 / 04.10.2024