8 sentabr kuni Qöqon şahrining Baxt köçasi 55a-uyda fuqaro Baxtiyor Rahmonqulov turmuş örtoği Umida Rahmonqulova bilan janjallaşib qoladi.
«Muloqot TV»ning «Davr» informatsion dasturidagi lavhada aytilişiça, jahl otiga mingan Baxtiyor Rahmonqulov turmuş örtoğining tana qismiga piçoq bilan urgan.
Umida Rahmonqulova olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etdi. Baxtiyor Rahmonqulov esa qölga olingan. Tergov jarayonlarida gumonlanuvçi qilgan işidan puşaymon ekanligini aytib ötdi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda jinoyat işi oçilgan. Baxtiyor Rahmonqulovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasining 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda şahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Lavhada aytilişiça, mazkur oilada er-xotin örtasida muntazam ravişda janjallar sodir bölib turgan. Lekin mahalla-köy, qöni-qöşnilar, keng jamoatçilik bunga e'tibor qaratmagan. Oqibatda bu beparvolik bir insonning hayotdan köz yumişiga sabab böldi.

















