Avgust oyi oxirida ijtimoiy tarmoqlarda özbekistonlik bir neça bloger qölga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar ijtimoiy tarmoqda, xususan, feysbukda keng jamoatçilik muhokamasiga sabab bölgan edi. Şu bilan birgalikda, blogerlar qölga olingani haqida heç qanday rasmiy bayonot berilmadi.
Şu blogerlardan biri, feysbukda Musannif Adham taxallusida postlar qoldirgan Adham Olimov bugun, 11 sentabr kuni ozodlikka çiqqan.
KUN.UZ muxbiri uning özi bilan aloqaga çiqdi.
«Meni 29 avgust kuni keçki payt uyimdan olib ketişdi. Şundan söng 29 avgustdan 2 sentabrga qadar Toşkent şahar IIBBning yertölasida böldim. Keyinroq meni u yerdan olib çiqib, Toşkent şahridagi «panelniy»da bugungaça saqlaşdi. Jami 14 kun öşa yerlarda böldim. Oliy sudga apellyatsiya yuzasidan ariza yozişgan ekan, şu sabab bir kun oldin çiqarib yuborişdi. Bugun, 11 sentabr kuni soat 20:40da öz uyimga, oilam bağriga keldim. Ayni paytda kayfiyatim yaxşi. Ma'muriy qamoq bölgani bilan, baribir qamoq, ruhiyatga ta'sir ötkazadi. Advokatim orqali boşqa blogerlar ham şunday holatga tuşişganini eşitgandim. Ayni damda ularni ham ozodlikka çiqişganini eşitib xursand böldim. Masalan, Andijondan Otabek Usmonov, Namangandan Dilşod Xalilov qöyib yuborilgan. Ularni şaxsan tanimasamda, ammo internet orqali bilardim.
U yerda bölganimda asosiy söralgan savollar, asosiy muammo, fikrimça, Muhammad Şakur degan bloger atrofida aylandi. «U odamni taniysanmi?», «Uni qöllab-quvvatlamoqçi edingmi?». Şu kabi savollar. Balki boşqa blogerlarga ham şu savollar berilgandir. Hijob va maktab formasi haqida ham bir-ikki savollar berişdi. Men ularga «regulation.gov.uz» saytida qaror loyihasi muhokamaga qöyilganida, rasman ism-şarifim bilan kirib, öz fikrimni qoldirganim, bu haqda feysbukda ham yozganimni aytdim», deydi bloger.
Adham Olimov uşlab turilgan vaqtida öziga nisbatan içki işlar xodimlari tomonidan heç qanday jismoniy azoblaş holatlari qöllanilmaganini ta'kidladi.
«Menga nisbatan heç qanday jismoniy tomondan tazyiq ötkaziş holati kuzatilmadi. Faqat suhbat jarayonida ruhiy bosim kuzatildi xolos. Meni olib ketişgaç, oila a'zolarimga ham heç qanday ruhiy bosim qilişmagan, ularni bezovta qilişmagan», deydi u.
Bloger bergan ma'lumotlarga köra, uning telefoni va kompyuteri tekşiriş uçun olib qöyilgan va uning aytişiça, bu yuzasidan ham savol-javoblar bölişi mumkin. Musannif Adhamga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik taqiqi ham qöyilmagan.















