Toşkent şahrining Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov yirik miqdorda - 400 ming AQŞ dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida uşlandi. Bu sizga boşqa holatni ham eslatyaptimi? Samarqandda viloyati hokimi lavozimida işlagan Turob Jörayev katta miqdordagi korrupsiya mojarosiga aralaşib qolgandi. Keyinçalik, u işdan olindi, Senat Kengaşi Jörayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi.

Avvallari Özbekistonda yuqori mansabdor şaxsning korrupsiyada ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgani kam kuzatilgan. Balki ular bölgandir, lekin jamoatçilikka ma'lum qilinmagan. Şunga qaramay 2017-2018 yillarga möljallangan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Davlat dasturi amalda öz natijasini beryapti, buning isbotini esa matbuotda köryapmiz. 

International Financial Corporation hamda Jahon Banki 2013 yil taqdim etgan ijtimoiy sörovnoma natijalariga köra, 16 foiz aholi u yoki bu hujjatlarni rasmiylaştirişda, ayrim turdagi faoliyatni litsenziyalaş uçun vakolatli şaxslarga pora berişini tan olgan. 2017 yilda esa özbekistonliklarning 57 foizi mamlakatda korrupsiya bor, deb hisoblagan. 

Ular adaşmagan, joriy yilning 24 fevral kuni Özbekiston Respublikasining sobiq Boş prokurori Raşidjon Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida uşlangani haqida xabar bergandi. Qodirovga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. U Boş prokuraturani 15 yil davomida boşqargan va 2015 yil aprel oyida işdan böşatilgan. Qodirov işi doirasida jami 24 şaxsga nisbatan ayblov e'lon qilingan va ulardan 21 nafari hibsga olingan.

Demak, poraxörlik «yuqorida» mavjud va uning tomiri çuqur ildiz otganki, haligaça poraxörlarning qölga olinganidan xabar topmoqdamiz. E'tiborli jihati şundaki, korrupsiyada ayblangan har ikki hokim ham investorga yer-maydon ajratib berişni va'da qilib, pul olgan. Turob Jörayev ham, Baxtiyor Abdusamatov tansiq yerlarni pullaş orqali, mömay daromadga erişişni öylagandi. Bundan kelib çiqadiki, Özbekistonda yer va mulk huquqi juda çalkaş, yerga egalik qiliş qiyin, uni saqlab qoliş esa undan ham murakkab vazifaga aylanadi. 

Masalan, Qoraköl tumanida «Dörmon omad nuri» köp tarmoqli fermer xöjaligiga qaraşli yer noqonuniy yöl bilan olib qöyildi. Iştixonda esa prokuratura aralaşuvi bilan fermerning haqiga çang solganlar javobgarlikka tortildi. Ammo, I guruh nogironi Feruza Qöldoşeva samarali mehnati uçun «Şuhrat» medali bilan mukofotlanişiga qaramay, tikuvçilik ustaxonasidan ayrildi. E'tibor qilsangiz, «dod-voy» qilganlarning köpçiligi mol-mulkidan, aniqroği yerdan ajrab qolgan yoxud öşa yer uçun kompensatsiya tölab berilmagan. Böşab turgan yer esa ayrim hokimlarning mömay daromad topişi uçun oson yöl.