Rossiya Markaziy banki 2018 yil 2-çoragi davomida Özbekistonga yuborilgan pul ötkazmalari hajmini e'lon qildi.
Ma'lumotlarga köra, 2018 yil aprel-iyun oylarida Özbekistonga jami 1 077 mln AQŞ dollari miqdoridagi pul jönatmalari amalga oşirilgan. Şu jumladan, RF rezidentlari tomonidan 318 mln dollar yuborilgan bölsa, norezidentlar tomonidan 759 mln dollar jönatilgan. Bunda Rossiyadan Özbekistonga bir pul ötkazmasining örtaça miqdori 375 AQŞ dollariga teng böldi.
Özbekistondan Rossiyaga aprel-iyun oylarida 95 mln dollar yuborilgan. RF rezidentlari tomonidan 60 mln dollar jönatilgan bölsa, uşbu davlat norezidentlari tomonidan 35 mln dollar yuborilgan. Bunda bir pul ötkazmasining örtaça miqdori 875 AQŞ dollariga teng böldi
Qayd etib ötiş joizki, 2-çorakdagi Rossiyadan Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan ham, 2018 yilning 1-çoragiga nisbatan ham oşgan.

















