12 sentabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi kassatsiya instansiyasida raislik etuvçi B.Alimov, sudyalar Z.Nurmatov va M.Turgunovalardan iborat tarkibda xorazmlik imom Hikmatulla Yusupov işi böyiça ajrimni e'lon qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Sudya Alimov jinoyat işini sinçkovlik bilan örganib çiqqaç, Yusupovga nisbatan e'lon qilingan ÖzR JK bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni Yusupov amalga oşirmaganini ta'kidladi.

Sudya Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 3 qismiga köra, sodir etilgan jinoyatga daxli bölmagan Hikmatulla Yusupovni aybsiz deb topdi va reabilitatsiya etilişini ma'lum qildi. 

«Adolatjon, marhabo xuş kelibsan, Kel nega ğussa-ğamda tik turibsan?», deya Hikmatulla qori öziga berilgan sönggi söz uçun imkoniyatdan foydalandi va bitgan şe'rini öqib eşittirdi. 

Hikmatulla Yusupov şu onda ozodlikka çiqarilib, unga nisbatan oqlov e'lon qilindi. Quyidagi lavha orqali imomning sud majlisida bildirgan sönggi sözlarini tomoşa qilişingiz mumkin.
Eslatib ötamiz, 1993 yildan buyon Özbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va masjidlarda işlab kelgan Hikmatulla Yusupov Xorazm viloyati MXX xodimlari tazyiqi ostida mudhiş jinoyatlarda ayblangandi. Xorazm viloyati MXXning diniy masalalar böyiça «kuratori» Mahmud  Ermetov va Hikmatulla qori örtasidagi ziddiyat, Yusupovning qamalişi bilan yakunlandi. 

Yusupov sud zalida iş boşlanişini kutmoqda

Masjid imomi vazifasida işlab kelgan Hikmatulla qori göyoki, ayol kişiga şilqimlik qilgani uçun MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uçun 2015 yil 21 aprel kuni 15 sutka, 6 may kuni Jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudining sudyasi Hayitboyev qarori bilan yana 15 sutka qamoq jazosini ötaşga majbur bölgan. Şundan söng, u Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan oğir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan va 13 yilga qamoqqa «taşlandi». Keyinçalik, Xorazm viloyati Harbiy prokuraturasi 13 yillik qamoq jazosi ortida MXXning ayrim  xodimlari turganini aniqladi. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi esa imom işi doirasida barça sud qarorlarini bekor qilinişini sörab, Oliy sudga protest kiritgandi.