Foto: Skrinşot / Facebook / Voditeli Taşkenta

Toşkent şahri, Çilonzor tumani hududida joylaşgan Qatortol köçasida issiqlik suvi ta'minotining avtomobil yöli ostidan ötgan qismida portlaş sodir böldi. Ijtimoiy tarmoqda uşbu hodisa suratlari tarqalmoqda.

Hodisa taxminan soat 10:00 atrofida röy bergan.

Guvohlarning ma'lumot berişiça, yöl ostidagi suv quvuri kutilmaganda portlab ketişi oqibatida yöl qoplamasi jiddiy zararlangan, eng yaqin masofada turgan «Spark» avtomobili ham jiddiy ziyon körgan. Şuningdek, atrofdagi yana bir neça avtomobilga turli darajada zarar yetgan.

«Qatortoldagi issiq suv portlab ketdi. Suv balandligi 30 metrgaça yuqoriga kötarildi. Kamida ikkita maşina zarar kördi», deya ma'lumot bergan guvohlardan biri.

Yana bir guvoh suv 4 qavatli uy balandligida yuqori örlaganini aytgan.

Hodisa oqibatida yölda tirbandlik yuzaga kelgan.