Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk haqida endi onlayn tarzda ma'lumotga olish mumkin
davreestr.uz maxsus axborot portali tashkil etildi. Bu haqda Spot «Geoinfokom»ga tayangan holda xabar bermoqda.
Mazkur portal jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq va unga doir bitimlar davlat reyestridan ma'lumotlarni erkin kirib olish imkoniyatini taqdim etadi.
Unda davlat reyestrida mavjud bo‘lgan mulkdorning ismi-sharifi, xonadon raqami, xonadon maydoni, guvohnoma seriya va raqami, huquq turi, ro‘yxatga olingan sana, kadastr raqami va boshqa shu kabi ma'lumotlar keltiriladi.
Ma'lumot olish uchun ko‘chmas mulk toifasini tanlash va maxsus ajratilgan satrga obektning kadastr raqamini yozish kerak.
Xizmat real vaqt rejimida bepul taqdim etiladi. Barcha ma'lumotlar olinayotgan paytda aktual hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
08:31 / 05.06.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashning yangi tartibi joriy etildi
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
23:28 / 23.04.2026