Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga rasmiy tashrifini boshladi.

Belarus Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Aleksandr Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik va ezgulik monumentiga tashrif buyurib, yodgorlik poyiga gul qo‘yishdan boshladi.

Foto: belta.by

BeLTA muxbiri xabar qilishicha, Lukashenko Oqsaroyda ham bo‘lib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga o‘rnatilgan haykal poyiga ham gul qo‘ygan.

Foto: belta.by

Belarus prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U ertaga Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar a'zolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda bo‘lib o‘tadi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va O‘zbekistonda talabgir bo‘lgan texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yig‘ish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Foto: belta.by

Ushbu yuqori martabali mehmon tashrifini yoritish uchun O‘zbekistondagi mustaqil OAV vakillari jalb etilmagan. Mahalliy nashrlar odatga ko‘ra xorij manbalariga tayanishga majbur bo‘lmoqda.