Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar Ronalduning mukammal jismoniy holati sirini ochishdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ishlash tajribasiga ega shifokorlar Xuan Karlos Ernandes va Mik Klegg portugaliyalik futbolchining yuqori jismoniy formasi siri nimada, degan savolga javob berishdi. Ushbu shifokorlarning biri «Real»da, ikkinchisi «Manchester Yunayted»da Ronaldu bilan birga faoliyat olib borgan.
«Ronalduning muvaffaqiyatini ta'minlagan uchta asosiy sabab – bu to‘g‘ri mashg‘ulotlar o‘tkazish, to‘g‘ri ovqatlanish va to‘g‘ri dam olish», - degan Ernandesning so‘zlarini keltirib o‘tdi La Gazzetta dello Sport.
«Ronaldu – o‘z ishining fidoyisi, uning siri ana shunda. Uni hech kim to‘xtatib qola olmaydi», - deya qo‘shimcha qilgan Klegg.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu «Real»dagi 9 mavsumi davomida 438 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 450 ta gol muallifi bo‘lgan va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan edi. U «qaymoqranglilar» bilan 4 marotaba YeChL g‘olibi bo‘lgan. Joriy mavsumdan A Seriyada faoliyat boshlagan hujumchi hozircha «Yuve»ning 4 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma bilan cheklanmoqda.
Mavzuga oid
12:17 / 03.07.2026
JCh kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modrichda alamli yakun
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026