AQŞ prezidenti Donald Tramp Amerikadagi saylovlarga aralaşganlik uçun sanksiyalar joriy etiş imkonini beruvçi farmonni imzoladi. Bu haqda 12 sentabr, çorşanba kuni davlat rahbarining xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Bolton xabar berdi, deb yozmoqda Reuters.
Ta'kidlanişiça, çeklovlar ham alohida şaxslar va kompaniyalar, ham butun boşli davlatlarga nisbatan qöllanilişi mumkin. Ularning nomiga aniqlik kiritilmagan.
Sanktsiyalar aktivlarni muzlatiş va moliyaviy muassasalar xizmatlaridan foydalanişga çeklovlarni öz içiga qamrab oladi. Bundan taşqari, AQŞ fuqarolariga qora röyxatda bölgan kompaniyalarga mablağlar yönaltiriş ham taqiqlanadi.
Avvalroq, Trampning farmonni imzolaş haqidagi qarori maxsus xizmatlar va harbiylar tomonidan qöllaniluvçi çoralarga öxşab ketişi haqida xabarlar tarqalgandi. Ular ham Kongressga noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlarga xorijiy aralaşuvning oldini oliş maqsadida tegişli çoralar köryapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevroittifoq Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yana uzaytirgandi.


















