Özbekiston Taşqi işlar vazirligida AQŞ davlat kotibining iqtisodiyot va biznes masalalari böyiça yordamçisining birinçi örinbosari Brayan MakFiters bilan bölib ötgan uçraşuvda Özbekiston-AQŞ kun tartibidagi masalalar, şuningdek, Özbekistonda Amerika biznes haftaligini ötkazişga tayyorgarlikning borişi muhokama qilindi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Brayan MakFiters 12 sentabr kuni Toşkent şahriga taşrif buyurdi.
“Suhbatda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-17-may kunlari AQŞga qilgan rasmiy taşrifi va prezident Donald Tramp bilan ötkazgan muzokaralari çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş nuqtai nazaridan ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarining hozirgi holati va ularni oşirişning istiqbollari töğrisida fikr almaşildi”, - deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining xabariga köra, 2018 yilning 8 oyi davomida özaro savdo aylanmasi deyarli 300 mln dollarni taşkil etdi. 2017 yil böyi esa bu körsatkiç 210,2 mln dollarga teng bölgan edi. Şu bilan birga mazkur sohadagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada oşiriş uçun sezilarli salohiyatning mavjudligi e'tirof etildi va bunga ikki tomonda ham qiziqiş borligi ta'kidlandi.
Suhbatda şuningdek, AQŞ elçisi Pamela Leora Spratlen iştirok etdi.
















