Dunyoning eng boy odami, Amazon internet-riteyleri asosçisi va egasi Jyeff Bezos boşpanasiz oilalarga yordam beriş va maktabgaça ta'lim muassasalari quriş uçun xayriya jamğarmasiga asos solganini e'lon qildi. 

“Biz Bezos Day One Fund taşkil etilganini e'lon qilişdan xursandmiz”, deb aytilgan Bezosning tvitterda joylaştirgan xabarida. U jamğarmaning boşlanğiç kapitali 2 mlrd dollarni taşkil qilişini qöşimça qilgan.   

Bezosning aytişiça, jamğarma ikki yönalişda iş olib boradi: yoş boşpanasiz oilalarga yordam beruvçi taşkilot va fuqarolik guruhlarini qöllab-quvvatlaş va aholi past daromadga ega bölgan hududlarda sifatli ta'lim beruvçi maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoğini yaratiş. 

Amazon 1994 yilda taşkil etilgan va bugungi kunda internet orqali tovar va xizmatlar sotuvçi dunyodagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaning 2004 yildagi oboroti 7 mlrd dollarni taşkil qilgan bölsa, 2016 yilda bu qiymat 136 mlrd dollarga yetgan.