Özbekiston-Qirğiziston çegarasida joylaşgan “Döstlik” çegara bojxona postidan ayrim kunlari sutkasiga 20 minggaça fuqaro ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Andijon viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati boşliği Farhod Karimov ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, ayni paytda viloyat bojxona boşqarmasi tarkibida jami 7ta bojxona posti mavjud bölib, fuqarolar harakati, birinçi navbatda, “Döstlik”, söngra “Madaniyat” va “Andijon aeroporti” çegara bojxona postlari orqali ötadi.

“Qorasuv şahridagi “Turatali” bozorida ulgurji savdo böladigan kunlarda “Döstlik” bojxona posti orqali odamlar oqimi sutkasiga 20 ming nafargaça yetdi va bu bojxona postining kuçaytirilgan tartibda işlaşiga sabab bölmoqda”, dedi Karimov.
Ayrim “uddaburonlar” guruhlar tuzib olgan bölib, bir-ikki kişi bojxonaçilarni çalğitişga, uçinçisi esa yuklarni olib ötişga harakat qiladi.
“Vazirlar Mahkamasining «Jismoniy şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasiga tovarlarni olib ötiş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq, şu yilning 1 iyulidan boşlab qöşni davlatlardan bojxona orqali olib kelinayotgan tovarlarning miqdori qisqardi hamda çegaralandi. Endilikda 20 turdagi maişiy texnika buyumlari va ofis texnikalari 1 kalendar oyida çegarani birinçi marotaba kesib ötayotganda faqat 1 donadan olib ötilişi mumkin. Biroq ayrimlar bu tartib-qoidani çetlab ötişga urinib, köp miqdorda sotib olgan mahsulotlarini olib ötiş uçun boşqa şaxslardan foydalanişga harakat qilişmoqda. Hattoki öq-dorilar, ov qurollari olib ötişga uriniş holatlari ham sodir böldi. Masalan, postning kiriş piyoda yölagi orqali Qirğizistondan Özbekistonga kirib kelayotgan Özbekiston fuqarosi X.D. ga tegişli bölgan qöl va boşqa yuklari rentgen apparati yordamida bojxona körigidan ötkazilganida uning qöl yuklari orasiga yaşirilgan 1 litrli hajmdagi yelim idişda 6,3 kg ovçilarning patron öqini tayyorlaşda işlatiladigan qörğoşin şarçalarni olib kirmoqçi bölganligi bojxona xodimlari tomonidan aniqlandi”, deydi u.

Uning sözlariga köra, qöşni davlat tomonda fuqarolarning Özbekiston hududiga olib ötayotgan yuklari nazorat tekşiruvidan ötkazilmaydi, Özbekiston tomonda esa yuklar nazoratdan ötkaziladi. Fuqarolar özlari bilan olib ötayotgan köplab yuklari bilan ötiş yölini tösib qöyişmoqda, navbatga turiş odobiga amal qilişmayapti, şovqin-suron, töpolon orqali tezroq ötib ketişga harakat qilişmoqda. Aynan ana şunday şaxslar sababli Qorasuv bozorida ulgurji savdo böladigan kunlari bojxona postida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

















