Andijon viloyatidagi “Döstlik” çegara bojxona posti harakatlanuvçi taşuvçilar va haydovçilar uçun vaqtinça yopiladi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Qirğiz Respublikasining “Dostuk” çegara bojxona posti axborot tizimlarida texnik ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi. Şu munosabat bilan mazkur postga tutaş Andijon viloyati bojxona boşqarmasining “Döstlik” çegara bojxona posti orqali 2024 yil 6 noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinçalik töxtatiladi.
Xabarda yengil maşinalar Andijondagi “Xonobod” çegara bojxona posti orqali, yuk maşinalari esa Namangandagi “Uçqörğon” çegara bojxona posti orqali harakatlanişi mumkinligi bildirilgan.
Avvalroq Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi “Uçqörğon” çegara bojxona posti oçilgandi. Undan avvalroq esa Andijon viloyatidagi Qirğiziston bilan çegaradoş “Qorasuv” çegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan söng qayta oçilgani xabar qilingandi.

















