Özbekiston va Afğoniston çegarasida joylaşgan «Döstlik» köprigida vaziyat yumşadi. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vazirligi bayonot berdi.
«2021 yil 15 avgust soat 10:00 holatiga köra Termiz-Hayraton köprigi hududida vaziyat yumşadi.
Xususan, köprikning Afğoniston qismida töplangan Afğoniston fuqarolarining asosiy qismi köprikni va unga tutaş hududni mustaqil ravişda tark etgan. Bunga faol siyosiy va diplomatik sa'y-harakatlar, şuningdek, olib borilgan tuşuntiriş işlari natijasida erişildi», deyiladi vazirlik bayonotida.
«Nigoh» kanali Termiz-Hayraton köprigi atrofidagi vaziyat butunlay barqarorlaşgani aks etgan suratlarni e'lon qildi.


Taşqi işlar vaziri rasmiy vakili Yusuf Kabuljanovning ma'lum qilişiça, Özbekiston hukumati Afğonistondan Özbekistonga ötgan qoçqinlar masalasida amaldagi hukumat va «Tolibon» harakati bilan muzokaralar ötkazmoqda.
Kabuljanov Afğonistondagi vaziyatga qaramay Özbekistonning Kobuldagi elçixonasi va Mozori Şarifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirayotgani, xodimlar hali evakuatsiya qilinmaganini bildirgan.
- Eslatib ötamiz, 15 avgustga ötar keçasi «Tolibon» mamlakatning eng yirik şaharlaridan biri Mozori Şarifni egalladi. Keyinçalik Balx viloyat sobiq gubernatori Ato Muhammad Nur hudud toliblar nazoratiga ötganini tasdiqladi. Mozori Şarif Termizdan 58 km uzoqlikda joylaşgan.
- Köp ötmay toliblardan qoçgan bir guruh afğonistonlik harbiylar Özbekiston hududiga qoçib ötdi. Keyinçalik TIV dastlabki guruh 84 kişidan iborat bölgani va tegişli tartibda qölga olingani haqida ma'lumot berdi.


















