Andijon viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Turkiya-Bişkek aviareysi bilan uçib kelib Qirğiziston orqali Özbekiston Respublikasining «Döstlik» çegara bojxona postiga kirib kelgan G.A. hamda E.M. respublika hududiga noqonuniy tarzda «quyma tilla» buyumlarini olib kirişga uringan.

Ma'lum qilinişiça, uşbu şaxslar tegişli yuklar orasida deklaratsiyada körsatilmagan, bojxonaçilarning oğzaki sörovida ma'lum qilinmagan, bojxona körigi va şaxsiy körik natijasida 1 kg. 100 gramm qiymati 880 mln söm bölgan «quyma tilla» buyumlarini bojxona nazoratidan yaşirib olib kirayotgani aniqlandi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Jismoniy şaxslar tomonidan bojxona çegarasi orqali tovarlarni olib ötişni yanada tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-3512 sonli qaroriga muvofiq jismoniy şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasiga 65 grammgaça bölgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik buyumlari bojxona tölovlarisiz olib kirilişi mumkin.

Hozirda yukoridagi holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda», deyilgan rasmiy xabarda.

Avvalroq bojxona postlarida qölga olingan eng köp kontrabanda mahsulotlari ma'lum qilingan edi. Unga köra, 2020 yilda bojxona organlari tomonidan eng köp huquqbuzarik holatlari dori-darmon mahsulotlarida aniqlangan bölib jami 37,302 milliard sömlik» dori-darmon musodara qilingan.