Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyuşgan holda işga joylaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş va tubdan qayta körib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Quyidagilar Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş böyiça faoliyatni amalga oşirişda litsenziya talablari va şartlari hisoblanadi:

Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya qiliş;

ştatda oliy yuridik ma'lumotga ega bölgan kamida bir nafar mutaxassisning bölişi; 

mehnat migrantlarini yuboriş nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxşi biladigan kamida bir nafar xodimning bölişi;

fuqarolar murojaat qilayotgan va ularga xizmat körsatilayotgan jarayonlarni yozib oladigan hamda yozib olingan ma'lumotlarni uç oy mobaynida saqlaydigan videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan bino yoki xonaning bölişi;

ariza beruvçi röyxatdan ötkazilgan vaqtda Özbekiston Respublikasida amalda bölgan eng kam iş haqining kamida beş ming baravari miqdorida şakllangan ustav jamğarmasiga ega bölişi;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi depozit hisobraqamida Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining tölov amalga oşirilgan vaqtdagi kursi böyiça ellik ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarni ariza beruvçining şakllangan ustav jamğarmasi mablağlari hisobidan zaxiralaş;

fuqarolarni xorijda işga joylaştirişdan manfaatdor bölgan şaxslarni tanlab olişda har qanday turdagi kamsitiş taqiqlanganiga rioya etiş;

işçi organga faoliyat töğrisidagi hisobotni har oy taqdim etiş;

talabgorlar bilan tuziladigan şartnomalarni, şuningdek, talabgorlar va xorijiy iş beruvçilar bilan tuziladigan şartnomalarni yuritiş;

Özbekiston Respublikasining va/yoki boradigan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq noqonuniy deb e'tirof etilgan faoliyatni amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi mşnat migrantlarini yuboriş taqiqlanganiga rioya etiş.

Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş böyiça faoliyatni amalga oşirişga doir litsenziya talablari va şartlari litsenziya bitimida körsatiladi,