Hukumat qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Jamğarma mablağlari quyidagi manbalar hisobidan şakllantiriladi:
Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan ajratiladigan beğaraz moliyaviy yordam;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuzilgan litsenziya bitimi doirasida Özbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun xorijga yuboruvçi taşkilotlarning ellik ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağlarini zaxiralaş, bunda zaxiralangan summa sarflab yuborilgan taqdirda mablağlarni töldiriş, şuningdek, fuqarolarni xorijda işga joylaştiriş huquqi uçun litsenziyaning amal qilişi tugatilgan va bekor qilingan taqdirda, mablağlarni qaytariş şarti belgilab qöyiladi;
Jamğarmaning tijorat banklari depozitlaridagi vaqtinça böş mablağlarini joylaştirişdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik şaxslarning xayriya mablağlari, şuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.
Jamğarma mablağlaridan quyidagi xarajatlarni moliyalaştiriş uçun foydalaniladi:
xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida zöravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanişga duçor bölgan, mehnat va boşqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tuşib qolgan va şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarisiz, mablağlarsiz qolgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qiliş hamda ularga moddiy yordam körsatiş;
mehnat migratsiyasida bölgan vaqtda jarohat olişi, baxtsiz hodisaga uçraşi, oğir kasallikka çalinişi tufayli tibbiy yordam talab etilgan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablağlari yoki tibbiy suğurta hisobidan körsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini tölaş imkoni bölmaganda tibbiy xizmat körsatiş;
mehnat migratsiyasida bölgan vaqtda vafot etgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, şuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib bölgan yoki oğir jarohat olgan fuqarolarni olib keliş;
avval uyuşgan holda tanlaş doirasida xorijga işga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzişi natijasida çiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Özbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytariş, keyinçalik tölangan mablağlarni mazkur şaxslar hisobidan qoplaş, şuningdek, xorijiy iş beruvçilar tomonidan işga joylaştiriş böyiça kelişilgan şaroitlar bilan ta'minlanmagan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytariş;

















