Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyuşgan holda işga joylaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş va tubdan qayta körib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan Xorijga mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlaş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslarni akkreditatsiyadan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Malaka, bilim va könikmalarni baholaş böyiça xizmatlar bilimni baholaş markazlari tomonidan Özbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketayotgan xorijiy davlatlarda tasdiqlangan işçilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini beriş böyiça kasbiy standartlar va malaka talablari asosida körsatiladi.
Malaka, bilim va könikmalarni baholaş yakunlari böyiça talabgorga bilimga egaligi töğrisida sertifikat beriladi va u talabgorni Malakasi tasdiqlangan şaxslar milliy reyestriga kiritiş uçun asos hisoblanadi.
Bilimni baholaş markazlari özlari tomonidan beriladigan bilimga egalik töğrisidagi sertifikatlar fuqarolar mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketayotgan xorijiy davlatlarda tan olinişi uçun malaka, bilim va könikmalarni baholaş vakolatiga ega organlar yoki tegişli xorijiy davlatlarning iş beruvçilari bilan hamkorlik bitimlari tuzadi.
Akkreditatsiyadan ötkaziş yoki akkreditatsiyadan ötkazişni rad etiş töğrisidagi qarorlar Kasbiy malakalar va bilimlar böyiça kengaş taqdimnomasiga binoan vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi, uning tarkibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Kasbiy malakalar va bilimlar böyiça kengaşning qarori bayonnoma şaklida rasmiylaştiriladi va oddiy köpçilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Kasbiy malakalar va bilimlar böyiça kengaşning qarorini sörov ötkaziş yöli bilan rasmiylaştiriş mumkin.
Kasbiy malakalar va bilimlar böyiça kengaşning majlislariga Davlat test markazi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, tegişli ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari vakillari taklif etilişi mumkin.
Kasbiy malakalar va bilimlar böyiça kengaşning qarorlari tavsiya xususiyatiga ega.
Akkreditatsiyaga da’vo qiluvçi ariza beruvçi quyidagi talablarga javob berişi kerak:
uşbu Nizom va Özbekiston Respublikasining boşqa qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etişi;
















