Lukashenko Mirziyoyevga Minskda o‘zbekona uslubda elchixona qurishni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor doirada o‘tkazilgan muzokaralar davomida Minskdagi Mustaqillik saroyi qarshisida o‘zbekona uslubda elchixona qurishni taklif qildi. Bu haqda BeLTA xabar bermoqda.
"Sizlar bizda elchixona ochdingiz. Bu esa sizlarning bizni minglab kilometr olisda yashaydigan kishilar deb hisoblamasligingizdan dalolat beradi (geografik jihatdan shunday bo‘lsa-da). Biz yaqin insonlarmiz. Va bu yerda qurayotgan saroylaringiz kabi o‘zbekona uslubda go‘zal elchixona qurishga bel bog‘lasangiz, biz sizlar uchun Mustaqillik saroyi qarshisidan eng yaxshi joyni ajratamiz", - dedi Aleksandr Lukashenko.
Shavkat Mirziyeyov ushbu taklif albatta ko‘rib chiqilishini aytdi.
"Belarusda elchixona ochish azaliy orzuim edi. Do‘stona munosabatlar haqida gapirar ekanmiz, biz elchixona ochishimiz va keraklicha ishlashimiz shart edi", - dedi O‘zbekiston prezidenti.
"Buni ulkan qoniqish bilan qo‘llab-quvvatlayman. Agar lozim bo‘lsa, sizlar butun Yevropa hududi bo‘yicha ishlay olishingiz uchun Yevropa markazida o‘z yeringiz bo‘ladi",- dedi Belarus rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi doirasida sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 19 hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda umumiy qiymati 230 million dollardan ortiq bo‘lgan shartnoma va bitimlar imzolandi.
Mavzuga oid
01:21 / 01.12.2024
O‘zbekiston fuqarolari noma’lum sabablarga ko‘ra BAA hududiga kiritilmayapti
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
12:04 / 21.11.2024
Zelenskiy elchixonalar yopilishi fonida xotirjamlikka chaqirdi
08:31 / 21.11.2024