Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyuşgan holda işga joylaştiriş tizimini yanada takomillaştiriş va tubdan qayta körib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan Xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasi fuqarolarini uyuşgan holda tanlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi tartibi belgilandi.

Işga joylaştiriladigan davlatda mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş:

Özbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari böyiça attaşesi;

Agentlikning xorijiy vakolatxonalari;

Agentlikning davlat va nodavlat xorijiy hamkorlari;

yuboruvçi taşkilotlar;

nodavlat notijorat taşkilotlari;

boşqa taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi.

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat migrantlarini vijdonsiz iş beruvçidan himoya qilişda va mehnat migrantlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilişining oldini olişda quyidagi barça jihatlar monitoringini olib boriş böyiça Özbekiston Respublikasining maxsus vakolatli organi hisoblanadi:

vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida mehnat migrantlarini jalb qiliş uçun uz mamlakatining vakolatli organlarida rasman röyxatga olingan yoki akkreditatsiyadan ötkazilgan xorijiy iş beruvçilar bilan bitimlar tuziş;

talabgorlarni tanlaş böyiça xizmatlar körsatiş uçun yuboruvçi taşkilotlar tomonidan tuziladigan şartnomalarning va mehnat migrantlari tomonidan xorijiy iş beruvçilar bilan tuzilgan mehnat şartnomalarining qonun hujjatlariga hamda xalqaro huquq va boşqa qonun hujjatlari normalariga muvofiqligini ta'minlaş maqsadida nazorat qiliş;

işga joylaştiriladigan davlatda xodimlarning tegişli toifasi uçun belgilangan iş haqidan kam bölmagan darajada mehnat migrantlarini iş haqi bilan ta'minlaş normalariga rioya etiş;

işga joylaştiriladigan mamlakatda belgilangan munosib yaşaş va işlaş şart-şaroitlarini ta'minlaş normalariga rioya qiliş.

Zarurat bölsa, Agentlik va uning xorijdagi vakolatxonalari mehnat migrantlari manfaatdor bölgan turli masalalar yuzasidan uçraşuvlar ötkazadi, tibbiy xizmatlardan foydalanişda kömaklaşadi, mehnat migrantlarining huquqlari iş beruvçi tomonidan buzilişining oldini oladi.