O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi.
Tuzilmada bosh vazir o‘rinbosari - Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimi joriy etildi.
Prezident qarori bilan Alisher Sultonov bosh vazir o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi.

Foto: O‘zbekneftgaz
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Sultonov «O‘zbekneftgaz» rahbarligidan ketgani xabar berilgandi.
Endilikda, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Sultonov o‘rniga «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagan.

















