Jahon | 09:22 / 15.09.2018
14690
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobilda sayohat qilish uchun eng ommabop yo‘llar ma'lum qilindi

Foto: Chuck Coker

Sayohatlar onlayn-servisi Instagram’dagi xeshteglarni tahlil qildi va mashinada sayohat qilish uchun eng ommabop yo‘llarni ma'lum qildi. Ro‘yxat The Independent nashrida chop etildi.

Reytingda birinchi o‘rinni Chikagoda boshlanib, bir necha shtatlardan o‘tadigan va Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida tugaydigan Route 66 avtoyo‘li egalladi. Ikkinchi o‘ringa Avstraliyadagi Buyuk okean yo‘li joylashtirildi.

Avtomobilda sayohat qilishni xush ko‘ruvchilar uchun eng yaxshi yo‘llar o‘nligiga shuningdek, Argentinadagi National Route 40, AQShdagi Blue Ridge Parkway, Finger Lakes Highways, Valley of Fire Road, Islandiyadagi Okrug yo‘li, Norvegiyadagi “Trollar zinasi”, Kanadadagi Icefields Parkway va Cabot Trail yo‘llari kiritildi.

Avvalroq Jahon turizm tashkiloti sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan mamlakatlar ro‘yxatini e'lon qilgandi. Unda birinchi o‘rinni Fransiya egalladi. 2017 yilda bu mamlakatga 86,9 million sayyoh kelgan. Ikkinchi o‘ringa 81,8 million sayyoh bilan Ispaniya, uchinchi o‘ringa AQSh (75,9 million sayyoh) joylashdi.

Mavzuga oid