Vaqtni samarali rejalaştiriş, majburiyatlarni taqsimlaş, muloyimlik va mustaqillik bularning bari – har qanday tadbirkor uçun foydali böladi.
Amerikalik tadbirkorlarga xos bölgan umumiy jihatlar quyidagilardan iborat:

1. Öta dabdabali kiyinmaydi
Kompaniyaning zamonaviy rahbarlari işbilarmon kişi imidji haqida ğamxörlik qiladi.Kiyiniş uslubi qimmatbaho soat va kostyumlardan xoli.
2. Suhbatdoşi bilan muloyim
Uçraşuvda amerikalik biznesmenlar sezgir va muloyim. Köpinça bu ularga muzokaralar davomida suhbatdoşini rad etiş yoki fikrini yuziga aytiş imkonini bermaydi. Haqqoniy javob (brutally honest feed back) – işonçning eng yuqori şakli bölib, unga erişiş oson emas. Inkorni amerikaliklar nice yoki sounds good kabi sözlar bilan berkitişni afzal bilişadi. Ular bilan ilk marta muloqot qilayotganlar töğri tuşunmaydi. Biroq aslida bu «Keçirasiz döstim, biroq bu quruq safsata» degan ma'noni anglatadi.

3. Kunini aql bilan rejalaştiradi
AQŞdagi tadbirkorlar iş va şaxsiy hayotni birgalikda olib borişni bilişadi. Köpinça ular öz vaqtini sinçkovlik bilan rejalaştiradi. Amerikalik odam vaqtli uyğonadi, iş kuni u uyğongan vaqtdan boşlanadi. Ertalab soat sakkizdan nonuşta ustida böladigan işbilarmonlikka oid uçraşuvlar Business lunch meeting – odatiy hol.
Umuman olganda amerikalikning işga munosabatini birgina gapbilan tasvirlaş mumkin: «Businessis a betterlife» (Biznes bu – yaxşiroq hayot).Bu yerda iş hayotiy siklga tabiiy ravişda boğlanadi. Albatta AQŞlik tadbirkorlar uçun ham holidays tuşunçasi mavjud. Ammo u hatto ta'tilida ham öz işining rivoji uçun foydali maşğulot bilan şuğullanadi. Iş va odatiy to do list (işlar röyxati) amerikalik uçun yagona narsa deyiş mumkin.
4. Vaziyatlarga boğliq bölmaslikka harakat qiladi
Amerikalik tadbirkorlar heç narsaga boğliq bölmaslikka harakat qilişadi. Bu xoh begona biznes, xoh samarasiz yeçimlar yoki mos kelmaydigan texnologiyalar bölsin. Maşhur Tesla bunga yaxşi misol. Özining Model 3 ni işlab çiqarişda kompaniya qurilmani yetkazib beruvçi sabab muammolarga duç keldi. Ularni hal qiliş uçun Tesla avtoni yiğuvçi robotlar işlab çiqaruvçisini sotib oldi. Startaplar uçun bunday qarorlar qiyinlik qiladi, biroq ular jarayonni nazoratga olib, non-addiction – mustaqillikka erişişga harakat qilişadi.













