Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimi örinbosari 100 dollar miqdorida pora olayotganida qölga tuşdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvaliga fuqarolar J.S. va X.P.larning murojaati yuzasidan ötkazilgan tezkor tadbirda Boysun tuman kadastr bölimi mutaxassisi S.A. fuqaro J.S.dan uning qarindoşi X.P.ning nomiga 0,30 ga lalmi yer uçastkasi ajratib beriş evaziga 30 million söm pulni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
«Qölga olingan S.A. yer ajratiş böyiça hujjatlarni tuman hokimiga imzolatişi uçun hokimning örinbosari M.Ş.ga 100 AQŞ dollari berişi kerakligini, qilmişidan puşaymonligini bildirib, mazkur jinoyatni foş etişda faol iştirok etişini ma'lum qilgan», — deyiladi Boş prokuratura axborotida.
Şunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Boysun tuman hokimining örinbosari M.Ş. tuman kadastr bölimi mutaxassisi S.A.dan 100 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















