Norvegiya, Şveytsariya, Avstraliya, Irlandiya va Germaniya inson taraqqiyoti eng yuqori darajada bölgan davlatlar deb topildi. Bu haqda BMTning Taraqqiyot dasturi böyiça ma'ruzasida ma'lum qilindi.

Reytingda inson taraqqiyoti eng yuqori darajada bölgan mamlakatlar guruhiga 59 mamlakat kiritildi. Ular orasida Rossiya (49-örin), Belarus (53-örin) va Qozoğiston (58-örin) ham bor.

Özbekiston 105-örin bilan inson taraqqiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar guruhidan joy egalladi. Şuningdek, Ozarbayjon (80-örin), Armaniston (83- örin), Ukraina (88- örin) va Turkmaniston (108-örin) ham mazkur guruhga kiritildi.

Moldova va Tojikiston esa inson taraqqiyoti örtaça darajadagi davlatlar guruhiga kiritildi. 

Reytingning oxirgi örinlarida Niger, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Çad va Burundi joylaşgan.  

189 mamlakat örin olgan reytingda AQŞ 13-, Rossiya 49-poğonada.

Davlatlar reytingini belgilaşda kutilayotgan umr köriş davomiyligi, ta'lim oliş davomiyligi va jon boşiga yalpi milliy daromad asosiy körsatkiçlar sifatida qayd etilgan. Şuningdek, ijtimoiy muhofaza darajasi, aholi salomatligi va madaniy rivojlanişi, gender tengligi, jinoyatçilik, atrof-muhit muhofazasi, fuqarolarning qarorlar qabul qilinişidagi iştiroki kabi körsatkiçlar ham hisobga olingan.