16 sentabr, soat 18:52 holatiga köra, UzCard banklararo tölov tizimi işdan çiqqanligiça qolmoqda.

Özbekistondagi milliy plastik kartalar monopolisti bölmiş UzCard roppa-rosa 24 soatdan beri işlamayapti. UzCard tizimdagi nosozliklar 15 sentabr kuni soat 18:52da boşlangani haqida ma'lum qilgandi.

Tölov terminallari va bankomatlar protsessing markazi bilan ulana olmayotgani tufayli, xaridorlar dökonlarda olgan mahsulotlari uçun pul tölay olmasdan, u yerdan quruq qöl bilan qaytib çiqişga majbur bölişmoqda. PayMe va Click kabi yirik mobil tölov xizmatlari orqali ham tölovlarni amalga oşirib bölmayapti.

Uzcard tizimi işdan çiqişi Özbekistondagi 18 milliondan oşiq plastik karta muomalasiga ta'sir körsatdi. 

Markaziy bank ma'lumotlariga köra, 2018 yilning yanvar—avgust oylarida tölov terminallari orqali 39,2 trillion söm pul tuşgan. Bu esa kuniga örtaça 160 milliard, soatiga örtaça 6,7 milliard söm deganidir.

Ayni vaqtda muammo sababi aytilmayapti, muammo qaçon yeçilib, plastik kartalar işlay boşlaşi haqida heç qanday rasmiy ma'lumot berilmayapti.

Iste'molçilar ayni vaqtda plastik kartalaridagi pul mablağlari böyiça heç qanday ma'lumotga ega emas.