Aziz va saxovatpeşa, ehsonsevar yurtdoşlar siz-u biz birgalikda yana bir yutuqqa erişib turibmiz. Gap şundaki, 15 sentabr kuni barçamizning umumiy sa'y-harakatimiz samarasi ölaroq, Hindistonga davolanişga borgan singlimiz Şahnoza vatanga qaytdi. Kun.Uz sayyor guruhi uni kutib oliş uçun I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportga bordi. 

Bir neça oy faqat tek yotiş bilan muolaja qilingan Şahnoza Hindistondan kayfiyati juda kötarinki bölib qaytganiga guvoh böldik. Şahnoza vatanni soğinganini aytar ekan, unga davolanib olişi uçun mehr muruvvat, xayr-ehson, saxovat qöllarini çözgan, duolarida eslagan barça vatandoşlariga sidqidildan minnatdorlik izhor qildi. Ularning haqlariga tinimsiz duoi xayrda ekanini ta'kidladi. 

“Umidsizlikka heç qaçon tuşiş kerak emas ekan. Men oyoqqa tura olaman, deb öylamagandim. Lekin Allohning mö'jizasi, mana, hozirça korset bilan bölsa-da, harakatlanişim mumkin. Yana 6 oydan söng, yana bir marta Hindistonga borib körikdan ötişim kerak böladi. Hammasi köngildagidek ötsa, bir yildan keyin, korsetsiz ham yura olaman”, - deydi Şahnoza. 

Eslatib ötamiz, joriy yil mart oyi oxirida Kun.Uz sayti “Suyak silidan aziyat çekayotgan Şahnoza moddiy yordamga muhtoj” sarlavhali xayriya aksiyasini ötkazgan edi. Unda hamyurtimiz Şahnoza Toirova suyak siliga çalingani, Hindistonga 2 marta borib, umurtqasiga implant qöydirgani, tanasi implantni qabul qilmagani sababli çiqarib taşlangani, zudlik bilan uçinçi marotaba Hindistonga borişi zarurligi, davolaş va körikdan ötişi kerakligi aytilgandi. 

Uzoq va yaqindagi saxovatpeşa vatandoşlarimizning Şahnozaga yordam qöllarini çözişi natijasida kerakli mablağ yiğildi va Şahnoza 19 avgust kuni yaxşi niyat bilan Allohdan şifo umidida Hindistonga otlangan, sayt xodimlari uni xalqaro aeroportda kuzatib ham qöygan edi.