UzCard banklararo tölov tizimi hamon işlamayapti. Tizimda 15 sentabr kuni soat 18:52da jiddiy nosozlik yuzaga kelgandi va bu muammo ikki kun ötib ham bartaraf etilmadi.

Kun.uz muxbirlari UzCard tizimi yagona aloqa markaziga qönğiroq qilişdi. U yerdan ma'lumot berişlariça, tizim hali işlamagan, işga tuşganda mijozlarga SMS xabarnoma yuboriladi. 

Şu bilan birga, operator tizimdagi nosozliklar bugun, 17 sentabr kuni bartaraf etilişi mumkinligi haqida ma'lum qildi. 

UzCard tizimi işdan çiqişi Özbekistondagi 18 milliondan oşiq plastik karta muomalasiga ta'sir körsatdi. Markaziy bank ma'lumotlariga köra, 2018 yilning yanvar—avgust oylarida tölov terminallari orqali 39,2 trillion söm pul tuşgan. Bu esa kuniga örtaça 160 milliard, soatiga örtaça 6,7 milliard söm degani. 

Ayni vaqtda muammo sababi hamon aniq aytilmayapti. UzCard tarqatgan ma'lumotda faqat markaz mutaxassislari tomonidan tizimni işga tuşiriş uçun barça zarur çora-tadbirlar olib borilayotgani ma'lum qilingan. Pul mablağlariga tegişli barça ma'lumotlar xavfsiz holatda saqlanmoqda, deyilgan UzCard’ning 16 sentabr kungi xabarida.

UzCard hamon işlamayapti. Millionlab özbekistonliklar xarid qobiliyatidan mahrumligiça qolmoqda

 

UzCard’siz bir kun. Tizim hamon «xizmat körsatiş doirasidan taşqarida»