2018 yilning ötgan davrida “ZELICH OIL GAZ” metan gaz quyiş şoxobçasida avtotransport vositalariga gaz quyilganidan söng sodir etilgan şu kabi baxtsiz hodisalar soni 2tani taşkil qilib, bugungi holat uçinçisi hisoblanadi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Kun.uz’ga xabar berdi.
Jumladan, (birinçi holat) 2018 yil 2 fevral kuni soat 22:50 da, Kogon tumani, Yangi hayot MFY, Amirobod massivida joylaşgan uşbu gaz quyiş şoxobçasi çiqiş joyida, Kogon şahar, S.Ayniy köçasida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan, «Çorboğ Omega Plyus» MÇJ haydovçisi Bekzod Arabov boşqaruvidagi uşbu MÇJga tegişli “Matiz” rusumli avtomaşinasida örnatilgan metan gaz balloni portlab ketgan.
Buning oqibatida avtomaşina salonida bölgan haydovçi B.Arabov va şu manzilda yaşovçi uning turmuş örtoği, 1992 y.t., vaqtinçalik işsiz Yulduz Xudoykulova oğir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etişgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Şuningdek, (ikkinçi holat) 2018 yil 26 avgust kuni soat 09:05da, Kogon şahar, Madaniyat köçasida yaşovçi, 1963 y.t. yakka tartibda işlovçi Rustam Karimov 2005 yilda işlab çiqarilgan “Neksiya” rusumli avtomaşinasiga örnatilgan 100 litr hajmdagi metan gaz balloniga 190 atmosfera bosimi bilan suyultirilgan gaz quyib, öttiz kilometrça masofada yöl bosib, avtomaşinani özi yaşaydigan uy oldiga keltirib qöyganidan söng (“Şuhrat Şerbek Zamon Servis” korxonasi tomonidan 14.11.2016 yilda örnatilgan SNG-1 modeli, ĞYe 053184 raqamli, 2019 yilning noyabr oyiga qadar texnik körikdan ötkazilgan metan gaz balloni) avtomaşina gaz balloni portlab ketgan.
Uşbu jarayonda biror kişi jarohat olmagan. Hozirgi kunda tergovoldi suriştiruv işlari davom etmoqda. Dastlabki suriştiruv işlari böyiça qöşimça ravişda ma'lumot berib boriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 18 sentabr kuni soat 08:30 atrofida Kogon tumani hududidan ötuvçi Buxoro-Qorovulbozor magistral yölida yölovçi avtobusi yöl transport hodisasiga uçragani xabar berilgandi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, avtobusdagi gaz balloni portlaşi natijasida 4 yölovçi voqea joyida, 1 kişi esa şifoxonada vafot etgan. Avtobusda jami 26 kişi bölgan.
Avtohalokat sabablarini örganiş böyiça hukumat komissiyasi tuzilgan.

















