Ropa-rosa 35 yil muqaddam, 1983 yilning 16 sentabrida Arnold Şvartsenegger AQŞ fuqarosiga aylandi. Garçi «yangi vatani»da aktyor, jamoat arbobi va siyosatçi bir neça filmlarda suratga tuşib, hattoki ştat gubernatori bölgan esa-da, uning oliy orzusi AQŞ prezidenti böliş edi. Lekin orzu sari yölga AQŞ konstitutsiyasi toabad tösiq böladi, deb yozadi Gazeta.

AQŞ fuqarosiga aylangan çoğlarda Şvartsenegger amerikaliklarga juda yaxşi tanilib ulgurgan edi. Uning «Temirni şişir» kitobi bodibilding ixlosmandlari uçun muqaddas hisoblanar, 1982 yilda çiqqan «Konan-varvar» filmi esa katta şuhrat qozongandi.

Aktyor AQŞ fuqarosiga aylangan kunni heç qaçon unutmaydi. 2015 yilda aktyor öz Tvitterida: «Bu hayotimdagi juda buyuk kun. Bu sodir bölganidan va qarzimni qaytarganimdan juda xursandman», deb yozgan.

Amerika fuqaroligi Şvartseneggerga juda köp eşiklarni oçgan. Biroq aktyorning orzulari harçand viqorli bölmasin, mamlakatdagi oliy siyosiy lavozimga u heç qaçon ötira olmaydi. AQŞ konstitutsiyasiga köra, faqatgina AQŞ hududida tuğilgan insongina mamlakat prezidenti bölişi mumkin.

2003 yilda Yuta ştatidan Arnoldning muxlisi, respublikaçi senator Orrin Hetç AQŞ konstitutsiyasiga fuqarolikni keyinçalik qölga kiritganlarga ham saylovda qatnaşiş imkonini beruvçi özgartiriş kiritiş kerakligini taklif etadi.

«Arnold tuzatişi» nomini olgan taklif keng muhokama böldi, biroq senatda qabul qilinmadi.

Şvartseneggerning özi ham kongressdagi tanişlarini işga solib, tuzatişni qabul qilişga erişmoqçi böldi va hattoki 2016 yilgi saylovlarda Hillari Klintonga raqiblik qiliş rejasi ham bor edi.

Biroq Klinton xonimning raqibi Donald Tramp böldi. Uni Şvartseneggerga köp qiyoslaşardi. Ularning özaro munosabatlari ham yaxşi edi. Şvartsenegger ikkinçi bor Kaliforniya gubernatorligi saylovlarida qatnaşayotganida Tramp 10 ming dollar xayriya ham qilgan.

Biroq Arniga Trampning meksikaliklar haqidagi çiqişlari yoqmadi va uni tanqid ostiga oldi. Hali bu özaro munosabatlarda hammasi tugadi degani emasdi. Tramp saylovga çalğigaç, uning TV-şousini aynan Şvartsenegger olib bora boşladi.