“Markaziy Osiyo xalqaro transport yölaklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oşirilmagan imkoniyatlar” Xalqaro konferensiyasi mamlakat tarixidagi birinçi yuqori darajadagi transport forumiga aylanadi.

Sönggi yillar «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi rivojida eng samarali davr böldi. Ayniqsa, MAK aviaparkini modernizatsiya qiliş dasturiga muvofiq «Boing» korporatsiyasi bilan oltita Boing 787-8 Drimlayner samolyotlarini oliş yuzasidan imzolangan şartnoma asosida aviakompaniya flotining zamonaviy «orzu laynerlari» bilan töldirilganligini alohida ta'kidlaş joiz. Ularning uçtasi MAK belgisi ostida yölovçilarni Yevropa, Amerika va Osiyoga davlatlariga yetkazib, havo kengliklarini zabt etmoqda.

Milliy aviataşuvçi öz samolyotlarining uçişga yaroqliligini mustaqil va sifatli ravişda ta'minlaş imkoniga ega. «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasida turli modifikatsiyadagi, jumladan Boing 787-8 Drimlayner samolyotlarini böyaşdan tortib kapital ta'mirlaşgaça bölgan murakkab ta'mirlaş işlari bajariladi. Bu yerda, nafaqat aviakompaniyaning aviaparki, balki xorijiy kompaniyalar samolyotlariga ham texnik xizmat körsatiladi.

Bugun, MAK avialaynerlari dunyoning 40 dan ortiq şaharlariga parvoz qiliş bilan birga, Issiqköl, Maldiv orollari, Şarm-al-Şayx, Bodrum va boşqa mamlakatlarga charter qatnovlarini bajarmoqda.