BMTning Nyu-Yorkdagi boş qarorgohida 18 sentabrda BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasi oçiladi.
Sessiyaning mavzusi “BMTni barça odamlar manfaatlariga yaqinroq qilamiz: tinç, adolatli va barqaror jamiyatlarni qöllab-quvvatlaşdagi global yetakçilik va umumiy javobgarlik” kabi böladi.
Kun tartibiga xalqaro tinçlik va xavfsizlikni qöllab-quvvatlaş, qurolsizlaniş, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari, gumanitar yordam, odil sudlovga kömak beriş va xalqaro huquqni rivojlantiriş kabi sohalarni qamrab olgan 175 dan köproq masalani kiritiş rejalaştirilgan.
Boş assambleyaning raisi, Ekvador taşqi işlar va migratsiya vaziri Mariya Fernanda Espinosa Garses sessiyaning asosiy ustuvor vazifalari sifatida BMTni yanada isloh qiliş, ixtiloflarni bartaraf etiş, inson huquqlarini ta'minlaş, gender tenghuquqlik va adolatsizlikni yengiş kabilarni ajratib körsatgan.
Boş assambleyada migratsiya va qoçqinlar böyiça global kelişuvlarni qabul qiliş va iqtisodiy taraqqiyotga kömak mavzulariga ham alohida e'tibor qaratiladi.

















