Buxoro viloyatining Kogon tumani hududidan ötuvçi Buxoro—Qorovulbozor magistral yölida yölovçi avtobusning gaz balloni portlaşi yuzasidan jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
18 sentabr kuni soat 08:30 larda fuqaro Vali Qobilov boşqaruvidagi «Vobkent Gulşani» MÇJga qaraşli davlat raqami 80 Y 120 KA bölgan Isuzu rusumli avtobus Kogon tumanidagi Zelich oil metan gaz quyiş şoxobçasidan yoqilği quyib, taxminan 700 metr yöl bosganidan söng, A-380 avtomobil yöli «Kogon—Qorovulbozor» yönalişining 201-kilometrida harakatlanib ketayotganida avtoulovning gaz balloni portlagan.
Oqibatda avtobusdagi 26 yölovçidan 4 nafari hodisa joyida va 1 nafari şifoxonada vafot etgan. 21 nafar yölovçining 5 nafari oğir, 7 nafari örta oğir hamda 9 nafari yengil ahvolda. 5 nafar ahvoli oğir bemor Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga, qolganlari esa Kogon şahar şoşilinç tez tibbiy yordam markaziga yotqizilib, ularga şifokorlar tomonidan tibbiy yordam körsatilmoqda.
Hodisa joyiga viloyat hokimi Öktam Barnoyev, viloyat prokurori B.Valiyev, viloyat IIB boşliği Ş.Aliyev, Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği F.Omonov, Respublika DXX Buxoro viloyati boşqarmasi boşliği örinbosari A.Asrorov, viloyat IIB YHXB boşliği A.Ahmedov, YoXB boşliği Ş.Xuşnazarov, viloyat IIB huzuridagi TB tergovçilari, viloyat IIB EKB boşliği L.Pölatov rahbarligidagi ekspertlar, sud-tibbiy eksperti, Respublika IIV YoXBB mas'ul xodimlari, Kogon şahri, Kogon, Vobkent va Buxoro tuman hokimlari, prokurorlari, IIB boşliqlari, uşbu tuman va şahar IIBlari hamda Buxoro viloyat IIB tezkor-tergov guruhi a'zolari yetib keldi.
Hodisa röy bergan joy videokamera hamda boşqa ilmiy-texnik vositalar qöllanilgan holda «Sanoatgeokontexnazorat» Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi mutaxassislari iştirokida közdan keçirildi va uning sxemasi tuzildi, tekşiriş uçun ahamiyatga molik bölgan aşyolar olindi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatildi. Dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB tergov boşqarmasi zimmasiga yuklatildi va viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
Dastlabki tergov davomida sudga oid tibbiyot, avtotexnika va yonğin texnika ekspertizalari tayinlandi.
Şuningdek, «Zelich oil» metan gaz quyiş şoxobçasida avtomobillarga yoqilği quyiş normalariga rioya qilinişi ahvolini örganişga mutaxassislar jalb qilinib, tegişli işlar olib borilmoqda.

















