2018/19 yilgi Chempionlar Ligasi guruhi bosqichi 1-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi.
"Atletiko Madrid" safarda "Monako" bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida Diyego Kosta hamda Ximenes 1tadan gol urgan bo‘lsa, maydon egalarining yagona goli Gransir tomonidan kiritildi.
Kunning markaziy o‘yinida "Liverpul" esa o‘z maydonida "PSJ"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
"Liverpul" tarkibida Starrij, Milner hamda Firmino o‘z hisobiga 1tadan gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, parijlikning gollariga Mene hamda Mbappe mualliflik qildi.
Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
A guruhi
Monako Monako – Atletiko Ispaniya 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 1:0 – 18 Gransir, 1:1 – 31 Diyego Kosta, 1:2 – 45 Ximenes.
Monako – Benalo, Glik, Xenrixs, Sidibe, Jyemerson, Axolu (Traore, 69), Ndoram, Shadli (Jordi Mboula, 58), Tilemans, Gransir (Silla, 77), Falkao.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Koke, Rodri Ernandes, Saul, Korrea (Lemar, 70), Diyego Kosta, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Falkao (11), Ximenes (48), Sidibe (52), Traore (78), Diyego Kosta (90).
Bryugge Belgiya – Borussiya D Germaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Pulishich.
Bryugge – Letitsa, Mitrovich, Densvil, Pulen, Vlitink (Kols, 56), Vormer, Vanaken, Rits, Danjuma (Bonaventure, 76), Uesli, Vossen (Openda, 82).
Borussiya D – Byurki, Akanji, Shmeltser, Pishchek, Diallo, Gettse (Kagava, 62), Sancho (Pulishich, 69), Volf, Vaygl (Daud, 84), Roys, Vittsel.
Ogohlantirishlar: Vaygl (19), Kagava (90).

















