18 sentabr kuni Buxorodagi avtobus halokati ortidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus farmoyişi imzolandi. Unga köra, Özbekistondagi barça gaz quyiş şoxobçalari va gaz-ballonli avtomobillar tekşiruvdan ötkaziladi. 

Hujjatda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari – «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruvi raisi A.J.Ramatov ikki oy muddatda gaz balloni örnatilgan avtotransport vositalari, şuningdek, ularga xizmat körsatuvçi gaz quyiş stansiyalari, tabiiy gazda işlaydigan qozonxonalar, peçlar va boşqa uskunalarning texnik holatini puxta hamda har tomonlama xatlovdan ötkazilişiga mas'ul etib tayinlangan.

Şuningdek, xatlovdan ötkaziş natijalariga köra, yoqilği sifatida tabiiy gazdan foydalaniladigan avtotransport vositalari, gaz quyiş stansiyalari, qozonxonalar, peçlar va boşqa uskunalardan foydalaniş bilan boğliq avariyaning oldini oliş böyiça «Yöl xaritalari» işlab çiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlaş uçun kiritiladi.

18 sentabr kuni ertalab soat 8:30 larda Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan ötuvçi Buxoro-Qorovulbozor magistral yölida 26 nafar yölovçisi bölgan avtobus gaz balloni portlaşi natijasida avtobus yölovçilari bölgan 4 kişi voqea joyida, 1 kişi esa kasalxonada vafot etdi.

Qorovulbozor tumanidagi «Rahmon Ahmad» fermer xöjaligi rahbari R.Ahmedov va Vobkent tumani Xayrobodça qişloğida yaşovçi G.Roziqova qişloq xöjaligi işlariga jalb etiş uçun taşkil qilingan 25 nafar fuqarodan iborat mavsumiy madad guruhini Vobkent tumanidan Qorovulbozor tumaniga olib borayotgan paytda uşbu hodisa sodir bölgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatildi. 

Özbekiston Prezidenti topşiriğiga binoan vafot etganlar oilasiga 10 million sömdan, oğir tan jarohati olganlarga 5 million sömdan va boşqa jarohatlanganlarga 2 million sömdan moddiy yordam puli ajratildi.