Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiyaning xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atadi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonining xatti-harakatlarini tajovuzkor deb atadi. Bu haqda u polshalik hamkasbi Anjyey Duda bilan matbuot anjumani vaqtida aytib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, AQSh yetakchisidan Rossiya Sharqiy Yevropaga tahdid uyg‘otishi borasida savol bilan murojaat qilishgan.
«Mening fikrimcha, bu juda tajovuzkor vaziyat. Rossiya tajovuzkor harakat qilmoqda», - deya aytib o‘tgan Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya xuddi boshqa davlatlar kabi kuch va qat'iylikni hurmat qiladi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Amerika tomoni o‘z qurolli kuchlarini mustahkamlagani va Rossiya bunga hurmat bilan qarayotganiga e'tibor berishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika biznesi Rossiyadan butunlay chiqib ketishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026