18 sentabr kuni “Özbekiston-Afğoniston“ döstlik jamiyati taşkil etildi, deb xabar berdi ÖzA. Şu munosabat bilan Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasida “Özbekiston-Afğoniston munosabatlarida yangi davr” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Özbekiston va Afğoniston örtasida madaniy-ma'rifiy, iqtisodiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlaş, delegatsiyalararo tajriba almaşişni yölga qöyiş tadbirning boş mavzusi böldi.
Davra suhbatida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Afğoniston böyiça Maxsus vakili Ismatulla Ergaşev, Afğoniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Sayid Şahobiddin Timuriy, “Özbekiston-Afğoniston” döstlik jamiyati raisi, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti rektori Abdurahim Mannonov, olimlar, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Qatnaşçilar Afğonistonda 40 yildan ortiq vaqtdan beri notinç vaziyat hukm surayotganini, Özbekiston dunyo e'tiborini uşbu jarayonga qaratib, qöşni diyorda tinçlikka erişiş orqali mintaqada barqaror taraqqiyotga erişiş borasida qator çora-tadbirlarni amalga oşirib kelayotganini qayd etişdi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, taşkil qilingan “Özbekiston-Afğoniston” döstlik jamiyati xalqlarimiz örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantiriş imkonini beradi.

















