Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu ko‘z-yoshlariga javoban jazolanishi mumkin
Foto: Heino Kalis / Reuters
UYeFA «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turi doirasida «Valensiya»ga qarshi o‘yindagi holat bo‘yicha ish ochdi. Bu haqda ESPN xabar tarqatmoqda.
Portugaliyalik forvardga nisbatan ish 27 sentabr kuni Nazorat, etika va axloq bo‘yicha boshqarma tomonidan ko‘rib chiqiladi. Futbolchi o‘yinda olingan qizil kartochkasi tufayli Chempionlar ligasining keyingi turida 2 oktabr kuni «Yang Boyz»ga qarshi o‘yinni avtomatik ravishda o‘tkazib yuboradi, ammo uning diskvalifikatsiyasi muddati uzaytirilishi mumkin.
19 sentabr kungi o‘yinda Ronaldu «Valensiya» himoyachisi Jyeyson Murilo bilan yuzaga kelgan vaziyatda qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi. O‘yin hakami Feliks Brix Ronaldu Muriloning yuziga qasddan urgan, deb topdi va u maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi.
Bu 33 yoshli futbolchi uchun Chempionlar ligasidagi ilk qizil kartochka bo‘ldi.
Kamchilik bo‘lib qolganiga qaramasdan «Yuventus» «Valensiya» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikki golni ham xavbek Miralem Pyanich penaltidan urdi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025