Spirtli içimliklar iste'mol qiliş oqibatida har yili uç millionga yaqin kişi halok böladi. Bu OITS, zöravonlik va YTHda halok böluvçilar miqdoridan köp. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş ma'lumotida keltirib ötilgan.

Mutaxassislarning sözlariga köra, spirtli içimliklar har 20 ölim holatidan bittasiga sababçi bölar ekan. Mast holatda avtomobil boşqariş, zöravonlik qiliş, köp kasalliklar, jumladan, yurak-qon tomir tizimining buzilişi, jigar tserrozi va saratonning ayrim körinişlari ana şu ölim holatlariga misol böla oladi. Bundan taşqari, alkogol sil, VIÇ va pnevmoniya kabi kasalliklarga çaliniş xavfini oşiradi.

Alkogol iste'moli bilan boğliq barça ölimlarning törtdan uç qismi erkaklar hissasiga töğri keladi. Bundan taşqari, 20-29 yoşlilar örtasidagi ölim holatlarining köp qismi (13,5 foiz) spirtli içimliklarni me'yordan ortiq iste'mol etiş ortidan kelib çiqadi. 

Jahon soğliqni saqlaş ma'lumotida aytilişiça, bugunda 237 million erkak va 46 million nafar ayol spirtli içimliklarga boğlanib qolganlikdan qiynalişmoqda. Şuningdek, 2,3 milliard kişi har kuni 33 gramm spirt iste'mol qilişi haqida ham ma'lumot keltirilgan.