24 sentabr kuni Rossiya boş vaziri örinbosari Tatyana Golikova agarda alkogolli içimliklarni sotişda yoş çegarasini 18dan 21 yoşgaça oşiriş böyiça taklif berilsa, Duma uni körib çiqişga tayyorligini bildirdi. Rossiya soğliqni saqlaş vazirligining bildirişiça, alkogol sotib oliş uçun minimal yoşning oşirilişi uning iste'mol darajasini kamaytiriş uçun istiqbolli çora hisoblanadi va vazirlik bu borada taklif işlab çiqmoqda.

Dunyo mamlakatlarida tartib qanday?

Rossiya Federatsiyasi qonunçiligiga muvofiq, 18 yoşga tölmaganlarga alkogolli içimliklar sotiş taqiqlanadi. Alkogol bilan savdo qiliş uçun litsenziya sotib oliş şart, ammo ötkirlik darajasi 6 foizdan past bölgan alkogolli içimliklar sotiş uçun litsenziya şart emas. Ta'lim, tibbiyot, sport inşootlari yaqinida, şahar va şaharlararo jamoat transportida, bozor, harbiy obektlarda, miting va namoyişlarda spirtli içimliklarning distansion savdosi butkul taqiqlanadi.

Mamlakat hududida soat 23:00dan ertalabki soat 08:00gaça alkogol sotiş taqiqlangan. Faqat kafe va restoranlardagina keçasi ham spirtli içimlik sotiş mumkin bölib, bunda sotuvçi içimlik idişini oçib berişi, xaridor esa içimlikni öşa muassasa hududida içişi şart.

Yoş çeklovi: qayerda qanday?

Jahonning qator davlatlarida alkogolli içimliklar sotişda xaridorlarning yoş çeklovi turliça bölib, aksariyatida bu 18 yoşdan boşlanadi. Yevropadan boşlaydigan bölsak, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Daniya, Italiya, Polşa, Islandiya, Çexiya, Portugaliya va Gretsiya kabi davlatlarda 18 yoşga tölmaganlarga alkogolli içimliklar sotiş taqiqlanadi.

Osiyo mamlakatlarida yoş çeklovi 18dan 25 yoşgaçani taşkil qiladi. Masalan, Hindistonning ayrim ştatlarida alkogolli içimliklar 18 yoşdan oşgan şaxslarga sotilsa, yana ayrim ştatlarida yoşi 25dan oşganlargina spirtli içimlik sotib olişga haqli hisoblanadi. Indoneziyada 21 yoşdan oşganlar alkogol iste'mol qilişlari mumkin. Xitoyda 18, Koreyada 19, Yaponiyada esa 20 yoşdan kattalar spirtli içimlik sotib olişlariga ruxsat etilgan.

Lotin Amerikasi mamlakatlarida, xususan Argentina, Braziliya, Meksikada ham 18 yoşga tölmagan şaxslarga alkogol mahsulotlari sotiş taqiqlanadi. Paragvayda 20, Kubada 16ga tölmaganlar spirtli içimlik sotib olişi mumkin emas.

AQŞda esa barça ştatlarda faqatgina 21 yoşga tölganlarga alkogolli içimliklar sotilişi belgilab qöyilgan bölib, xaridor şaxsini tasdiqlovçi hujjatni körsatişi şart.