Olmaliq şahrida Rossiyaning “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali öz faoliyatini boşladi. Mazkur ta'lim dargohida respublikaning işlab çiqariş-sanoat tarmoği uçun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi.
2018-2019 öquv yilining kunduzgi bölimi uçun «Toğ işi», «Metallurgiya», «Işlab çiqariş va texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş hamda boşqariş» yönalişlarida 150 nafar talaba qabul qilindi.
Uşbu oliy ta'lim dargohida ta'lim beriş jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Rossiyadagi va xorijdagi yetakçi oliy öquv yurtlarida pedagogik tajribaga ega bölgan rossiyalik öqituvçilar ham jalb etilgan.
Filial bitiruvçilariga Özbekiston va Rossiyada oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan “MISiS” MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.



















