AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning fikriça, Rossiya Ukrainada ham, Suriyada ham «heç qanday foyda keltirmayapti». Bu haqda u Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

Jurnalistning Rossiyadan «Ukrainada ham, Suriyada ham foyda yöqligi»ga oid savoliga Pompeo bu bayonot «juda adolatli ekani» haqida javob qaytardi.

Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar davlat kotibining ta'kidlaşiça, Rossiya hamda AQŞda terrorizm bilan kuraş kabi umumiy manfaatlar bor.

«Dunyoda bizning manfaatlar bir-biriga mos keladigan turli joylar bor. Biroq, albatta, qadriyatlar emas, Rossiya bunda bizning davlatdan katta farq qiladi. Ulardan na Ukrainada, na Suriyada heç qanday foyda bölmadi», - deya ma'lum qilgan Pompeo.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan döstlikka nuqta qöygandi.