AQŞ boş kotibi Mayk Pompeo AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasi doirasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uçraşişi mumkinligini aytdi.
Uning aytişiça, Tramp muloqot amaliy xarakterga ega bölsa, unga tayyorligini bildirgan.
“Prezident bu boradagi fikrini jöngina tuşuntirdi. Agar Eron bilan muzokaralar amaliy bölsa, prezident uni ötkazişga tayyor”, deb aytgan Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Şu bilan birga Pompeo bugungi kunda Trampning Nyu-Yorkda Ruhoniy bilan uçraşişi rejasi bor-yöqligidan bexabarligini ta'kidlab ötgan.
Pompeo, şuningdek, Tramp Eronda birinçi raqamli inson hisoblanuvçi, mamlakatning diniy yetakçisi oyatulloh Ali Homanaiy bilan uçraşişi mumkinligini ham qöşimça qilgan.
BMT Boş assambleyasi 73-sessiyasi öz işini Nyu-Yorkda 24 sentabrda boşlaydi.


















