Toşkent şahrida quriliş va obodonlaştiriş işlarini amalga oşiriş masalalariga bağişlangan sayyor yiğilişda Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov iştirok etdi, deb yozmoqda ÖzA.

Majlisda Yunusobod tumanidagi “Matonat” mahalla guzari binosi qurilişi uçun yer maydoni ajratiş töğrisidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi. 

Quriliş işlari töxtatilib, quriliş maydoni hududi obodonlaştirilmoqda, uning örnida bolalar maydonçasi bunyod etilyapti. Uşbu işlarning nihoyasiga 5 kun muhlat berilgan. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 sentabr kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qölga olingani xabar qilindi.

Manbaning ma'lum qilişiça, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etiş maqsadida 400 ming AQŞ dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida uşlangan.